Frenki de Yong: Niderlandiya jahon chempionatiga tayyor

Frenki de Yong: Niderlandiya jahon chempionatiga tayyor
Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong kelasi yil yozda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida terma jamoa optimal holatda boʻlishiga ishonch bildirdi. "Apelsinlar" oʻzining soʻnggi saralash oʻyinida Litva terma jamoasini yirik hisobda magʻlub etib, Shimoliy Amerikaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

"Jahon chempionatiga optimal holatda yoʻl olamiz, deb ishonaman. Ammo hozir bizning imkoniyatlarimizni aniq aytish qiyin.

Raqiblar juda kuchli. Biz gʻalaba qozonishni xohlaymiz, lekin oʻzimizni favorit sifatida koʻrsatishning foydasi yoʻq", — dedi de Yong derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.

Maʼlumot uchun, Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatining finaliga uch marta chiqqan (1974, 1978 va 2010-yillar), biroq har safar magʻlub boʻlgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.