Kurtua Yamalning eʼloniga javob berdi

Kurtua Yamalning eʼloniga javob berdi
Madridning "Real" darvozaboni Tibo Kurtua oktyabr oyidagi "el-klasiko" oldidan Lamin Yamalning bayonotini eslab oʻtdi. "Santyago Bernabeu" stadionidagi oʻyindan avval 18 yoshli "Barselona" vingeri "Real" haqida: "Ular doim shikoyat qiladi va firibgarlik qiladi", degan edi.

Uchrashuv "Qirollik klubi"ning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Kurtua ushbu vaziyatga izoh berib: "Yamalning soʻzlari "el-klasiko"dagi muhitni biroz qizitdi.

Ular oʻtgan mavsumda bizni magʻlub etganida ham hurmat koʻrsatmagan edi", dedi. Hozirda "Real" La Liga turnir jadvalida 12 turdan soʻng 31 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

"Barselona" 28 ochko toʻplab ikkinchi oʻrinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.