Kobbi Mainu "Napoli"ga o‘tishni xohlamoqda

Kobbi Mainu "Napoli"ga o‘tishni xohlamoqda
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobbi Mainu yanvar oyida Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. 20 yoshli futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida ijara asosida jamoani tark etmoqchi.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisi "Napoli" klubiga o‘tishni va "qizil iblislar" safida birga o‘ynagan Skott Maktominay va Rasmus Xeylunn bilan yana birlashishni juda xohlamoqda. Italiya chempionlari rahbariyati Kobbi Mainuni yanvar oyidagi transfer oynasida asosiy maqsad sifatida belgiladi.

Mainu joriy mavsumda "Manchester Yunayted" uchun sakkizta o‘yinda maydonga tushdi, biroq asosiy tarkibda faqat bir marta o‘ynadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining baholangan qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.