Mbappe Hakimini "Afrika qiroli" deb atadi

Mbappe Hakimini "Afrika qiroli" deb atadi

Madridning \"Real\" klubi hujumchisi Kilian Mbappe \"Pari Sen-Jermen\" himoyachisi Ashraf Hakimini nufuzli sovrin bilan qutladi. Marokashlik futbolchi 2025 yil yakunlariga ko\'ra Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu sovrin uchun kurashda Hakimi quyidagi raqiblarini ortda qoldirdi: • \"Liverpul\" hujumchisi Muhammad Salah; • \"Galatasaroy\" hujumchisi Viktor Osimhen.

Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida do\'stiga iliq so\'zlar bilan murojaat qildi.

\"Seni yaxshi ko\'raman, aka. Afrikaning qiroli. Barakalla, do\'stim. Bu mukofotni to\'liq haqli ravishda qo\'lga kiritding\", – deb yozdi fransuz futbolchisi.

Eslatib o\'tamiz, Kilian Mbappe va Ashraf Hakimi 2024 yilga qadar \"PSJ\" safida birga to\'p surishgan, shundan so\'ng Mbappe Madrid klubiga o\'tgan edi. Ma\'lumot uchun, Hakimi 2024/25 yilgi mavsumda Parij klubi tarkibida Chempionlar Ligasi g\'olibiga aylandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.