Barselonada ikki yetakchi futbolchi safga qaytdi

Barselonada ikki yetakchi futbolchi safga qaytdi
Barselona darvozaboni Joan Garsiya va vinger Lamin Yamal jarohatlarini davolashdi va La Liga doirasidagi Bilbaoning Atletik klubiga qarshi bo'ladigan o'yinda dastlabki tarkibda maydonga tushishga tayyor. Catalunya Radio xabariga ko'ra, agar hech qanday kutilmagan holat yuz bermasa, bosh murabbiy Xans-Diter Flik har ikkala futbolchini shanba kungi uchrashuvda asosiy tarkibda tushirishni rejalashtirgan.

Mazkur uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal xalqaro tanaffus oldidan jarohat olgan va shu sababli Ispaniya terma jamoasining noyabr oyidagi uchrashuvlarini o'tkazib yuborgan edi.

Joan Garsiya esa sentyabr oyining oxiridan beri jarohat sabab maydonga tusha olmagan edi. Hozirda Barselona La Liga turnir jadvalida 12 turdan so'ng ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.