Aleksandr Bubnov: Rossiya terma jamoasi kerak emas

Aleksandr Bubnov: Rossiya terma jamoasi kerak emas
Moskvaning "Spartak" klubi sobiq himoyachisi Aleksandr Bubnov Rossiya terma jamoasiga oid fikrlarini bildirdi. Maʼlumki, Rossiya terma jamoasi 2022-yil fevral oyidan boshlab xalqaro oʻyinlardan chetlashtirilgan.

"Hozir hech kimga terma jamoa kerak emas. U faqat rasmiy oʻyinlar uchun kerak.

Karpin nima uchun kerak u yerda? Bizda "Podshoh", Tashuyev, Pyatibratov bor.

Men u yerda tekin ishlay oladiganlarni sanab oʻtaman," – deydi Bubnov "Komment.Show" YouTube kanalida chiqishida. Rossiya terma jamoasi soʻnggi marta doʻstlik uchrashuvini Chili milliy jamoasiga qarshi Sochida oʻtkazgan edi.

Ushbu uchrashuv 15-noyabr kuni boʻlib oʻtgan boʻlib, Valeriy Karpin shogirdlari 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchrashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.