Yilning eng yaxshi klubi nomzodlari eʼlon qilindi

Yilning eng yaxshi klubi nomzodlari eʼlon qilindi
2025-yil Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbol klubi mukofoti uchun nomzodlar eʼlon qilindi. Bu haqda mukofotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.

Mukofot uchun quyidagi jamoalar nomzod sifatida kiritilgan: "Al-Ahli", "Barselona", "Bavariya", "Chelsi", "Kristal Pelas", "Flamengo", "Inter", "Liverpul", "Napoli", "Nyukasl", "Palmeyras", "PSJ", PSV, "Piramids", "Sporting", "Tottenhem". G‘olib ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

O‘tgan yili ushbu sovrinni Madridning "Real" klubi qo‘lga kiritgandi. Globe Soccer Awards tantanali mukofot topshirish marosimi 28-dekabr kuni Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.