Runi APLning eng yaxshi 3 futbolchisini tanladi

Runi APLning eng yaxshi 3 futbolchisini tanladi
Manchester Yunaytedning afsonaviy sobiq hujumchisi Ueyn Runi joriy mavsum Angliya Premer-ligasidagi eng yaxshi uch futbolchini eʼlon qildi. "Oʻylashimcha, Antuan Semenyo "Bornmut" safida oʻzini juda yaxshi koʻrsatmoqda – u oʻtgan mavsumdagi formasini saqlab qolgan.

Shuningdek, Brayen Mbeumoni ham alohida taʼkidlashni xohlayman, u "Manchester Yunayted"da yaxshi oʻyin koʻrsatmoqda, garchi mavsumni qiyin boshlagan boʻlsa ham. Uchinchi oʻrinda, ehtimol, Viktor Gyokeresni koʻrsatgan boʻlardim.

"Arsenal" yillar davomida hujumchiga muhtoj edi – va nihoyat ular o'z odamini topishdi. Viktor jamoaviy oʻyinda kuchli va allaqachon bir necha gol urishga erishgan", – dedi Runi City Xtra nashriga bergan intervyusida.

Taniqli futbolchi koʻpchilikni ajablantirdi, chunki u "Manchester Siti" safida 11 o'yinda 14 ta gol urgan Erling Xolandni o'z uchligiga kiritmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.