Ivan Toni APLga qaytishga tayyor

Ivan Toni APLga qaytishga tayyor
Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi hujumchisi Ivan Toni yanvar oyida Premer-ligaga qaytish uchun maoshining sezilarli darajada qisqarishiga rozi bo'lishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbalarga ko'ra, 29 yoshli hujumchiga "Tottenhem" va "Everton" qiziqish bildirmoqda. Tonining asosiy maqsadi kelayotgan Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibida ishtirok etishdir.

Aytishlaricha, hozirda Tonining "Al-Ahli"dagi maoshi yiliga taxminan 23,5 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 15 o'yinda qatnashib, 11 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.