Luis Suares: "Tanqid meni kuchliroq qildi"

Luis Suares: "Tanqid meni kuchliroq qildi"
Urugvay terma jamoasi hujumchisi va eng yaxshi toʻpurari Luis Suares intizom bilan bogʻliq muammolari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Hozirda MLSning "Inter Mayami" klubida toʻp surayotgan futbolchining soʻzlarini ispaniyalik Diario SPORT nashri eʼlon qildi.

"Koʻp marta oʻzimni bardoshlilik va kurash davom ettirishda oʻrnak boʻlishim mumkin deb oʻylaganman. Shu bilan birga, koʻplab jihatlar bor, ularda men oʻrnak boʻlolmayman.

Buni qabul qilaman, bilaman va tushunaman. Har doim tanqid bilan kurashganman.

"Nasional"dagi debyutimda imkoniyatlarni boy berganim uchun tanqid qilishardi. "Ayaks"da semiz deyishgan.

"Liverpul"da intizom yetishmasligi uchun, "Barselona"da esa muvaffaqiyatsizliklar tufayli tanqidlarga uchraganman. Faoliyatimning barcha bosqichlarida bir xil muammolar bilan kurashdim.

Oxir-oqibat, tanqid meni kuchliroq qildi." Suares "Barselona" tarkibida 283 oʻyinda 195 ta gol urgan boʻlsa, "Liverpul" safida 159 oʻyinda 111 ta gol kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.