PSJ darvozabonining sobiq rafiqasi yana pul talab qildi

PSJ darvozabonining sobiq rafiqasi yana pul talab qildi
PSJ va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonovning sobiq rafiqasi Anastasiya Kazachyok yana moliyaviy talab bilan chiqdi. Bu haqda Sport Baza xabar qildi.

Manbaga ko'ra, Anastasiya Safonovdan aliment bo'yicha sud xarajatlari uchun 6 million rubl talab qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, u Moskva shahridagi Nikulinsk sudi uchun 4 million va Krasnodar sudi uchun yana 2 million rubl sarflagan.

Xarajatlar ro'yxatiga hatto uning advokati tomonidan oziq-ovqat va yoqilg'iga sarflangan mablag'lar ham qo'shilgan. Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida Safonov sobiq rafiqasiga aliment bo'yicha to'liq qarzini – 64 million rublni to'lab, masalani yopgan edi.

Shu bilan birga, 26 yoshli Safonov joriy mavsumda Fransiyaning PSJ klubida hali birorta ham o'yinda maydonga tushgani yo'q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.