Rakitich Modrich haqida: "Milan hali omadini anglamadi"

Rakitich Modrich haqida: "Milan hali omadini anglamadi"
Sobiq "Barselona" va "Sevilya" futbolchisi Ivan Rakitich "Milan"dagi Luka Modrichning o'yiniga o'z munosabatini bildirdi. "Biz faoliyatimizni bir vaqtda boshlaganmiz, u hali ham o'ynashda davom etyapti, men esa yo'q.

U - ajoyib shaxs. Qaysi jamoada o'ynashidan qat'i nazar, Lukani sevish lozim.

Futbolni tushunish uslubi va o'yini kishini hayratda qoldiradi. Menga qolsa, "Milan" hali ham qanday omad ularga kulib boqganini to'liq anglab yetgani yo'q," - dedi Rakitich derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Luka Modrich avvalroq ko'p yillar davomida Madridning "Real" klubida to'p surgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.