Barselonaning Lamin Yamal bo'yicha rejasi ma'lum bo'ldi

Barselonaning Lamin Yamal bo'yicha rejasi ma'lum bo'ldi
Barselona Lamin Yamalni safga qaytarish rejasini ishlab chiqdi. Chov sohasidagi muammolar tufayli vinger Ispaniya terma jamoasining so'nggi yig'inini o'tkazib yuborgan edi.

Chorshanba kuni Lamin Barselonaning umumiy guruh mashg'ulotlarining bir qismida qatnashdi, bu uning yaqin orada maydonga qaytishini anglatadi. Barselona rahbariyati Yamalga La Liga doirasidagi navbatdagi o'yinda, ya'ni Atletikaga qarshi uchrashuvda o'yin vaqti berilishini istisno qilmayapti.

Biroq, asosiy maqsad – Laminning optimal formada bo'lishi va Chelsi bilan Chempionlar Ligasi uchrashuviga tayyor bo'lishidir. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Barselona 22-noyabr, shanba kuni Atletikani qabul qiladi. Chelsi bilan safardagi uchrashuv esa 25-noyabr, seshanba kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.