Davydovich: Oila puldan muhimroq

Davydovich: Oila puldan muhimroq

Davydovich: Oila puldan muhimroq
Polshalik himoyachi, Italiya A Seriyasida tajribaga ega Pavel Davydovich, bir vaqtlar \"uzun yevro\" ilinjida Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtgan edi. Biroq, atigi uch hafta oʻtgach, u oʻzini begona his qilgan \"Al-Hazm\" klubini tark etib, vataniga qaytdi.

Tuttomercatoweb nashriga bergan intervyusida u bu qarorining sabablarini ochiqladi. \"Oila men uchun puldan ko\'ra muhimroq.

Rafiqam homilador edi, bundan tashqari, bizning yosh farzandimiz ham bor edi. Bunday sharoitda Saudiya Arabistonida qolish juda qiyin boʻldi.

U yerda hayot menga yoqmadi, deyarli hech kim ingliz tilida gaplashmasdi. Ayollarning erkaksiz koʻchaga chiqishi man etilgani ham menga gʻalati tuyuldi\", - dedi Davydovich.

U bunga qadar Italiyada sakkiz yil faoliyat olib borgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.