Dembele maydonga qaytmoqda

Dembele maydonga qaytmoqda

Dembele maydonga qaytmoqda
PSJ hujumchisi Usmon Dembele yaqin kunlarda safga qaytishi kutilmoqda. Fransuz futbolchisi joriy oy boshida \"Bavariya\"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Shu sababli u \"Lion\"ga qarshi uchrashuv va Fransiya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Jurnalist Fabrice Xokinsning maʼlumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi 26-noyabr kuni \"Tottenhem\"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida maydonga tushishi mumkin.

Bundan tashqari, u 25-noyabr kuni Liga 1 doirasida \"Gavr\"ga qarshi uchrashuvda ham qatnashishi ehtimoli mavjud. Biroq PSJ murabbiyati futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti va yakuniy qaror juma kuni qabul qilinadi.

Usmon Dembele joriy mavsumda PSJ safida 9 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.