Shevchenko: Italiya jahon chempionatida boʻlishi kerak

Shevchenko: Italiya jahon chempionatida boʻlishi kerak
Ukrainaning sobiq futbolchisi Andrey Shevchenko, faoliyatining eng yaxshi yillarini Italiyada oʻtkazgan holda, bu mamlakat terma jamoasining jahon chempionatida boʻlishi kerakligiga shubha qilmaydi. "Italiya – bu jahon chempionatida qatnashishi kerak boʻlgan terma jamoa.

Ular Yevropaning eng kuchli chempionatlaridan biriga ega va juda koʻp yaxshi futbolchilarga ega. Menga hozirgi Italiya terma jamoasining agressivligi yoqadi.

Gattuzo futbolchilarning kayfiyatini oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi. Men Italiya terma jamoasiga jahon chempionatiga chiqishda omad tilayman", – dedi Shevchenko fcinter1908.it sayti orqali.

Eslatib oʻtamiz, Italiya terma jamoasi bungacha toʻrt marta jahon chempioni boʻlgan. Oxirgi marta bu yutuqqa 2006 yilda erishilgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.