Angliyaning uch grandi Semenyoni nishonga oldi

Angliyaning uch grandi Semenyoni nishonga oldi
Bournemouth jamoasi qishda vinger Antuan Semenyoni saqlab qolishi qiyin boʻladi. Ganadan boʻlgan futbolchi hozirda oʻzining ajoyib oʻyini bilan transfer bozorida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Nufuzli jurnalist Devid Ornshteynning xabariga koʻra, hozirda 25 yoshli "olcha" yulduzi uchun "Liverpul", "Manchester Siti" va "Tottenhem" jamoalari oʻrtasida kurash bormoqda. Avvalroq boshqa manbalar mersisaydliklar bilan muzokaralar boshlanganini va futbolchining Arne Slot jamoasiga oʻtishga tayyorligini bildirgan edi.

Transfermarkt portali Antuan Semenyoning narxini 55 million yevroga baholagan boʻlsa-da, futbolchining "Bournemouth" bilan tuzgan shartnomasidagi tovon puli bandi tufayli transfer summasi 70 million yevrodan oshishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.