Shvetsiya murabbiyi: "Mehmondagi oʻyin qiyin boʻladi, lekin bizga omad kulib boqdi"

Shvetsiya murabbiyi: "Mehmondagi oʻyin qiyin boʻladi, lekin bizga omad kulib boqdi"
Shvetsiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Grexem Potter JCH-2026 saralash pley-off bosqichi qurʼa natijalariga izoh berdi. Shvetsiya yarim finalda Ukraina bilan toʻqnash keladi.

"Endi kimga qarshi oʻynashimizni bilamiz va bu qarama-qarshilikni intiqlik bilan kutyapmiz. Oʻyinga hali koʻp vaqt bor, lekin u juda tez oʻtib ketadi, deb oʻylayman.

Mehmon oʻyinlar har doim qiyin kechadi, lekin bizga omad kulib boqdi: agar Ukrainani magʻlub qilsak, hal qiluvchi oʻyin Shvetsiya yerida boʻladi", – dedi Potter "Aftonbladet"ga bergan intervyusida. Saralash guruhida Shvetsiya toʻrtinchi, yaʼni oxirgi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, Millatlar ligasidagi natijalari tufayli pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Ushbu juftlik gʻolibi finalda Polsha yoki Albaniya bilan oʻynaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.