Flik: "Barselona" kelajagidan umidvormiz

Flik: "Barselona" kelajagidan umidvormiz
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik o‘z jamoasining kelajagi haqida optimistik fikr bildirdi. "Ehtimol, bizga kerakli ishonch yetishmayotgandir.

Ammo hozir ayrim futbolchilar safga qaytmoqda va bu bizga juda yordam beradi. Jamoamiz ajoyib, agar biz Vigo shahridagi o‘yinda ko‘rsatgan darajamizda o‘ynashda davom etsak, hammasi yaxshi bo‘ladi", — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

"Barselona" hozirda Ispaniya chempionatining turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Flik jamoasi "Real"dan uch ochko ortda qolmoqda.

Shanba, 22-noyabr kuni "Barselona" o‘z maydonida "Atletik"ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.