Mak Doʻman "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Mak Doʻman "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolaydi
Londonning "Arsenal" jamoasining yosh yarim himoyachisi Mak Doʻman chet el klublaridan kelgan beshta taklifni rad etib, "kanonirlar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga qaror qildi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

15 yoshli Doʻman "Arsenal" bilan oʻzining ilk professional shartnomasini 17 yoshga toʻlganida imzolaydi. U "Arsenal" asosiy tarkibida ilk bor 2025-yilning avgust oyida Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida "Lids"ga qarshi oʻyinda (5:0) maydonga tushgan.

Oʻsha oʻyinda u zaxiradan maydonga tushib, penalti ishlab oldi. Penalti Viktor Dyoʻkeresh tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilib, Doʻman klub tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.