Ventura: "Italiya uchun qur'a yengil"

Ventura: "Italiya uchun qur'a yengil"
Italiya terma jamoasi yana Jahon chempionatiga yoʻllanma olish uchun pley-off oʻyinlaridan oʻtishi kerak boʻladi. Bu jarayon "Skuadra Adzurra" uchun soʻnggi ikki safar muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

Shunga qaramay, jamoaning sobiq bosh murabbiyi Janpyero Ventura bu safargi qur'ani nisbatan yengil deb baholadi. "Qur'a yetarlicha yengil boʻlib koʻrindi.

Ammo jamoa oldiga aniq maqsad qoʻyishi zarur. Faqat ishtirok etishning oʻzi yetarli emas, Italiya gʻalaba uchun kurashishi kerak.

Biz birlashib, terma jamoaga yordam berishimiz lozim", – deya Ventura soʻzlarini keltiradi calcionapoli1926.it. Eslatib oʻtamiz, Italiya terma jamoasi toʻrt marta Jahon chempioni boʻlgan.

Soʻnggi gʻalaba 2006 yilda qoʻlga kiritilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.