Barselona braziliyalik futbolchiga rasmiy taklif yubordi

Barselona braziliyalik futbolchiga rasmiy taklif yubordi
Barselona klubi Vasco da Gama jamoasi vingeri Rayan transferi ustida ish olib bormoqda. Kataloniyalik gigant 19 yoshli futbolchini sotib olish niyatida ekanligi avvalroq xabar qilingan edi.

Endi esa, jurnalist Ekrem Konurning yangilangan maʼlumotlariga koʻra, Barselona braziliyalik futbolchi uchun rasmiy taklif bilan chiqdi. Ammo potentsial kelishuvning tafsilotlari hozircha oshkor qilinmadi.

Transfermarkt rasmiy sayti Rayanning narxini 18 million yevro deb baholagan. Braziliya A seriyasining joriy mavsumida bu iqtidorli futbolchi hujum chizigʻining deyarli barcha pozitsiyalarida oʻynab, 31 uchrashuvda 12 ta gol urib, bitta golli pas berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.