Bavariya Antoni bilan bog'liq vaziyatni izohladi

Bavariya Antoni bilan bog'liq vaziyatni izohladi
Bavariya sport direktori Kristof Froʻynd Antoni mavzusida o'z fikrlarini bildirdi. Braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasi yakunlanishidan oldin Myunxen klubi bilan muloqotda bo'lgan, ammo oʻsha paytda "Betis"ga vaʼda bergani sababli taklifni rad etgan edi.

"Oʻsha davr juda notinch edi. Biz bir nechta futbolchilarni koʻrib chiqayotgan edik, ularning orasida Antoni ham bor edi.

U bilan suhbatlashdik, lekin bu allaqachon oʻtmishda qoldi. Hozirgi tarkibimizdan juda mamnunmiz.

Oʻsha vaziyatda yaxshi qaror qabul qilganimizga ishonaman", – dedi Froʻynd jurnalist Florian Plettenberg bilan suhbatda. Antoni oʻtgan mavsumda "Manchester Yunayted"dan "Betis"ga ijaraga olingan edi.

1-sentabr kuni Sevilya klubi 25 yoshli futbolchini 22 million yevroga sotib oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.