Donnarumma Holand haqida fikr bildirdi

Donnarumma Holand haqida fikr bildirdi
Manchester Siti darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoadoshi Erling Holand haqida o'z fikrlarini bildirdi. Yaqinda bo'lib o'tgan Italiya va Norvegiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda Holand Donnarumma darvozasiga dubllik qayd etdi.

Ushbu o'yin Italiyaga 1:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlandi. Donnarumma Sky Sports nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Erling – fantastik inson.

Juda xotirjam va oilasi bilan vaqt o'tkazishni yoqtiradi. Biz bir-birimizni tezda tushunib ketdik.

Hatto raqib bo'lganimizda ham o'yinlardan so'ng tez-tez muloqot qilib turardik. "Manchester Siti" meni taklif qilganida, Holand menga xabar yubordi va transferni amalga oshirishga faol yordam berdi.

Unga bu uchun minnatdorman. Endi bir jamoada ekanimizdan xursandman, chunki unga qarshi o'ynash juda qiyin!

Haqiqiy "begona sayyoralik" darajasidagi futbolchi." 26 yoshli darvozabon sentyabr oyida PSJdan "shaharliklar" safiga o'tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.