Grinvud — mavsumda 10+ gol urgan toʻrtinchi futbolchi

Grinvud — mavsumda 10+ gol urgan toʻrtinchi futbolchi
Marsel klubi hujumchisi Meyson Grinvud Liga 1 doirasidagi Nitstsaga qarshi oʻyinda (5:1) dublga erishdi. Ingliz futbolchisi uchrashuvning 33 va 53-daqiqalarida raqib darvozasini ishgʻol qildi.

24 yoshli hujumchi Fransiya chempionati toʻpurarlar poygasida 10 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, u joriy mavsumda Yevropaning kuchli beshlik ligalarida (Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya) 10 yoki undan ortiq gol urgan toʻrtinchi futbolchiga aylandi.

Undan avval Garri Keyn, Erling Holand va Kilian Mbappe bu koʻrsatkichga erishgan edi. Grinvud hisobida, shuningdek, 3 ta golli uzatma ham mavjud.

Marsel ushbu gʻalaba orqali kamida shanbaga qadar Liga 1 turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarilib, PSJni bir ochkoga ortda qoldirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.