Kapello: Har bir derbi o'ziga xos

Kapello: Har bir derbi o'ziga xos
Kelasi turdagi Italiya chempionatining asosiy uchrashuvi "Milan" va "Inter" jamoalari o'rtasida bo'ladi. Ushbu o'yin haqida o'z fikrlarini "rossoneri"ning sobiq murabbiyi Fabio Kapello bildirdi.

U o'z xotiralaridagi derbilar orasidan birortasini ajratib ko'rsatish qiyinligini aytib, barcha derbilar o'ziga xos jozibaga ega ekanini ta'kidladi. "Har bir derbi – o'ziga xos.

Bu shahar uchun katta voqea. Futbolchilar esa, hatto milliy jamoa yig'inida bo'lsalar ham, ishonchim komilki, aynan derbi haqida o'ylashadi", dedi Kapello pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi, "Inter" esa peshqadamlik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.