Liverpul Rafinya uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

Liverpul Rafinya uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi
Barselonaning qanot hujumchisi Rafinya Diaz faoliyatini Liverpulda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Angliya chempioni kelasi yozda 28 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Rafinya Liverpulda Muhammad Salohning o‘rnini bosuvchi ajoyib variant sifatida ko‘rilmoqda.

Joriy mavsumda Rafinya barcha musobaqalarda 7 o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikki marta golli uzatma berdi. Rafinyaning Barselona bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha tuzilgan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 90 million yevroga teng.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.