APL 2025/26: Grilishni faqat bitta o'yinchi ortda qoldirdi

APL 2025/26: Grilishni faqat bitta o'yinchi ortda qoldirdi
Hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish "Manchester Siti"dan "Everton"ga ijaraga o'tganidan so'ng yana o'zini yorqin ko'rsatmoqda. 30 yoshli futbolchi joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida jamoadoshlari uchun 24 ta hujum imkoniyati yaratdi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha u ikkinchi o'rinda turadi, deb xabar beradi WhoScored. Yetakchilik "Manchester Yunayted" o'yinchisi Brunu Fernandeshga tegishli bo'lib, uning hisobida 29 ta zarba uchun pas mavjud.

Kuchli uchlikni "Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku (23 ta pas) yakunlaydi. Shuningdek, "Liverpul" futbolchilari Kodi Gakpo va Muhammad Saloh hamda "Manchester Siti" vakili Fil Foden 21 tadan pas bilan keyingi o'rinlarni egallashgan.

Dushanba kuni "Everton" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.