Real darvozaboni Angliyaga oʻtishi mumkin

Real darvozaboni Angliyaga oʻtishi mumkin
Madridning "Real" klubi darvozaboni, ukrainalik Andrey Lunin faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.

Manbalarga koʻra, 26 yoshli posbonni Londonning "Tottenhem" klubi qishki transfer oynasida oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Ushbu transfer qiymati 12-15 million yevro atrofida boʻlishi mumkin.

Andrey Lunin "Real" safiga 2018-yil yozida qoʻshilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029/2030-yilgi mavsum oxirida nihoyasiga yetadi.

Hozirda darvozabonning transfer qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.