Lorenzo Insinye Yevropaga qaytishni xohlamoqda

Italiyalik sobiq "Napoli" vingeri Lorenzo Insinye Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Kerri Xau xabar berdi.
Kanadaning "Toronto" klubida uch yil davomida toʻp surgan 34 yoshli futbolchi hozirda erkin agent hisoblanadi. Maʼlumotlarga koʻra, Insinye Italiya A Seriyasiga qaytishni istamoqda, biroq boshqa chempionat variantlariga ham ochiq.
Masalan, unga Germaniya Bundesligasi qiziqarli koʻrinmoqda. Qayd etilishicha, moliyaviy masala futbolchi uchun asosiy ustuvorlik emas.
"Toronto" safida Insinye barcha turnirlarda 76 ta oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan va 16 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchi joriy yoz mavsumidan beri yangi jamoa izlamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Kanadaning "Toronto" klubida uch yil davomida toʻp surgan 34 yoshli futbolchi hozirda erkin agent hisoblanadi. Maʼlumotlarga koʻra, Insinye Italiya A Seriyasiga qaytishni istamoqda, biroq boshqa chempionat variantlariga ham ochiq.
Masalan, unga Germaniya Bundesligasi qiziqarli koʻrinmoqda. Qayd etilishicha, moliyaviy masala futbolchi uchun asosiy ustuvorlik emas.
"Toronto" safida Insinye barcha turnirlarda 76 ta oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan va 16 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchi joriy yoz mavsumidan beri yangi jamoa izlamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













