Maynts futbolchisi Bundesligada rekord o'rnatdi

Maynts futbolchisi Bundesligada rekord o'rnatdi
Germaniya chempionatining 11-tur uchrashuvlari boshlandi. Juma kuni "Maynts" o'z maydonida "Xoffenxaym"ni qabul qildi va raqibni mag'lub eta olmadi.

Uchrashuv yakunlanishiga uch daqiqa qolganida esa "Maynts" o'yinni o'nga qarshi o'nta futbolchi bilan davom ettirishga majbur bo'ldi. Dominik Kor to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi, ya'ni ogohlantiruvchi sariq kartochkasiz maydonni tark etdi.

Bu Dominik Kor uchun oliy nemis futbol ligasidagi faoliyati davomida to'qqizinchi qizil kartochka bo'ldi. Shu tariqa u Bundesligada yangi rekord o'rnatdi.

Avvalgi rekord sakkizta qizil kartochka bilan Luis Gustavo va Yens Novotniga tegishli edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.