«MYu» Runining goli evaziga o‘yinning so‘nggi soniyalarida mag‘lubiyatdan qutilib qoldi


Angliya chempionati 22-turidan o‘rin olgan «Stok Siti» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi yakunlandi. Unda tomonlar murosa yo‘lini tanladilar.
Uchrashuvning 19-daqiqasida «MYu» yarim himoyachisi Xuan Mata o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Mankunianliklarning havfli hujumlari o‘yin so‘nggida o‘z foydasini berdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida Ueyn Runi jarima to‘pidan unumli foydalandi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Angliya chempionati, 22-tur
Stok Siti – Manchester Yunayted 1:1
Gollar: 1:0 – 19, avtogol Mata, 1:1 – 90(+4) Runi.
Stok Siti – Grant, Shoukross, Piters, Jonson, Martins Indi, Uelan, Adam (Afellay, 63), Allen, Shakiri (Ngoy, 73), Arnautovich (Imbula, 88), Krauch.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling, Jons, Blind, Pogba, Errera, Mata (Runi, 67), Fellayni (Reshford, 56), Mxitaryan (Lingard, 73), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Arnautovich (7), Grant (59), Piters (62), Allen (90).
Manba: www.fut.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













