Vilyarreal qiyin oʻyinda Mallorca ustidan gʻalaba qozondi

Vilyarreal qiyin oʻyinda Mallorca ustidan gʻalaba qozondi
Ispaniya La Ligasining 13-turida "Vilyarreal" oʻz maydonida "Mallorca"ni qabul qildi. Oʻyin juda murosasiz kechdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Alfonso Pedrasa chap qanotdan uzoq ustunga uzatma amalga oshirdi, Ayose Peres esa toʻpni markazga qaytardi. Gerard Moreno esa darvozabonga imkoniyat qoldirmay, toʻpni darvozaga yoʻlladi – 1:0.

Mehmonlar darhol javob qaytardi: Pablo Torre markazdan Samu Koshtaga oʻng qanotga pas berdi va u 15 metr masofadan toʻpni uzoq burchakka yoʻlladi – 1:1. Oʻyinning ikkinchi bo‘limida kurash yanada keskin tus oldi.

84-daqiqada Tejjon Byukenen oʻng qanotdan pas uzatdi. Himoyachi toʻpni qaytarishga urindi, ammo Tani Oluvaseyi toʻpni darvoza toʻriga chiroyli zarba bilan yoʻlladi – 2:1.

Mazkur gʻalaba "Vilyarreal"ni turnir jadvalida yetakchi klublardan atigi ikki ochkoga uzoqlashtirdi. "Mallorca" esa pastki oʻrinlarda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.