Palladino: "Biz tengma-teng kurashdik"

Palladino: "Biz tengma-teng kurashdik"
Italiya chempioni "Napoli" A Seriyaning oʻn ikkinchi turida "Atalanta"ni ishonchli tarzda magʻlub etdi. Bu oʻyin Raffaele Palladino uchun yangi klub bosh murabbiyi sifatida birinchi uchrashuv boʻldi va u Bergamo jamoasining magʻlubiyatiga qaramay, oʻzining qoniqishini bildirishga harakat qilmoqda.

"Oʻyinni batafsil tahlil qilish uchun yana koʻproq vaqt kerak boʻladi. Birinchi boʻlimda "Napoli"ni eʼtirof etish kerak, ular oʻz oʻyinlarini bizdan yaxshiroq tashkil qilishdi.

Bizda esa tayyorgarlik uchun vaqt kam edi. Ikkinchi boʻlimda esa biz tengma-teng kurashdik.

Yigitlarning oʻzgarish qilishga boʻlgan istagi menga yoqdi. Ular birinchi boʻlim yoʻqdek oʻynashdi", deya Palladinoning soʻzlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

"Atalanta" hozirda A Seriyada 13-oʻrinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.