Levandovski yangi "Kamp Nou"dagi ilk golni kiritdi

Levandovski yangi "Kamp Nou"dagi ilk golni kiritdi
Barselona hujumchisi Robert Levandovski "Kamp Nou" qayta ochilishidan keyin ilk gol muallifiga aylandi. Polshalik futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tgan "Atletik" Bilbao jamoasiga qarshi o‘yinning 4-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Qolgan vaqtda kataloniyaliklar yana uch marta gol urib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi – 4:0. "Biz nihoyat "Kamp Nou"ga qaytdik, bu biz uchun juda alohida kun.

Juda xursandmiz, ayniqsa, o‘yinning boshidanoq o‘zimizni yaxshi namoyon etganimizdan g‘ururlanaman. Bu yerda ilk golni kiritish - ajoyib tuyg‘u, bu menga katta g‘urur bag‘ishladi", – dedi 37 yoshli hujumchi jurnalistlarga bergan intervyusida.

Jamoa Hans-Diter Flik boshchiligida seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Chelsi"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.