Madueke va Martinelli safga qaytdi

Londonning "Arsenal" jamoasi futbolchilari Noni Madueke va Gabriel Martinelli 23-noyabr kuni "Tottenhem"ga qarshi oʻtkaziladigan derbi oʻyinida maydonga tushishi mumkin. Avvalroq jarohat olgan bu ikki futbolchi "kanonirlar"ning uchrashuv uchun tuzilgan tarkibiga kiritilgan.
Madueke sentyabr oyidan beri jarohat sabab oʻyinlarda qatnashmagan edi. U APLning beshinchi turida "Manchester Siti"ga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda (1:1) shikastlangan.
Gabriel Martinelli esa oktyabr oxirida "Kristal Pelas"ga qarshi oʻyinda (1:0) jarohat olgan edi. Shu bilan birga, "kanonirlar" safida Viktor Dyokeresh, Martin Edegor, Kay Haverts, Gabriel Jezuz va Gabriel dos Santos jarohatlaridan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
"Arsenal" va "Tottenhem" oʻrtasidagi uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasi bizning portalda oʻtkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Madueke sentyabr oyidan beri jarohat sabab oʻyinlarda qatnashmagan edi. U APLning beshinchi turida "Manchester Siti"ga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda (1:1) shikastlangan.
Gabriel Martinelli esa oktyabr oxirida "Kristal Pelas"ga qarshi oʻyinda (1:0) jarohat olgan edi. Shu bilan birga, "kanonirlar" safida Viktor Dyokeresh, Martin Edegor, Kay Haverts, Gabriel Jezuz va Gabriel dos Santos jarohatlaridan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
"Arsenal" va "Tottenhem" oʻrtasidagi uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasi bizning portalda oʻtkaziladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













