Ezening het-triki APL tarixiga kirdi

Angliya chempionatining oʻn ikkinchi turida "Arsenal" futbolchisi Eberechi Eze "Tottenhem"ga qarshi oʻyinda het-trik qayd etdi va uning jamoasi prinsipial raqibni yirik hisobda magʻlub etdi. Qizigʻi shundaki, Ezening ushbu het-triki Angliya Premer-ligasi tarixidagi yubiley, yaʼni 400-het-trik boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, APL 1992-yilning avgust oyida tashkil etilgan va bu koʻrsatkich faqat shu davr uchun hisoblanadi, Angliya futbol chempionatining umumiy tarixiga kirmaydi. "Tottenhem" ustidan qozonilgan gʻalaba "Arsenal"ga APL turnir jadvalida birinchi oʻrinni mustahkamlash imkonini berdi.
Hozirda "Arsenal" yaqin taʼqibchisi "Chelsi"dan olti ochko oldinda. "Arsenal" soʻnggi marta 2004-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Eslatib oʻtamiz, APL 1992-yilning avgust oyida tashkil etilgan va bu koʻrsatkich faqat shu davr uchun hisoblanadi, Angliya futbol chempionatining umumiy tarixiga kirmaydi. "Tottenhem" ustidan qozonilgan gʻalaba "Arsenal"ga APL turnir jadvalida birinchi oʻrinni mustahkamlash imkonini berdi.
Hozirda "Arsenal" yaqin taʼqibchisi "Chelsi"dan olti ochko oldinda. "Arsenal" soʻnggi marta 2004-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













