Mbappe Alonso qoʻl ostida ketma-ket uch oʻyinda gol ura olmadi


Madridning \"Real\" hujumchisi Kilian Mbappe La Liga doirasida \"Elche\"ga qarshi oʻyinda (2:2) gol ura olmadi. \"Qirollik klubi\" magʻlubiyatdan Dyun Hoeysen va Jud Bellingemning 78 va 87-daqiqalardagi aniq zarbalari tufayli qutulib qoldi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, Mbappe Xabi Alonso bosh murabbiylik qilayotgan paytda, shuningdek, joriy mavsum davomida ilk bor ketma-ket uch oʻyinda gol ura olmadi. Avvalroq fransuz hujumchisi \"Rayo Valyekano\" (0:0) va \"Liverpul\"ga (0:1) qarshi oʻyinlarda ham hisobni ochishga erisha olmagan edi.
Bu aprel oyidan beri uning klubdagi eng uzoq davom etgan golsiz seriyasidir. Shunga qaramay, \"Elche\"ga qarshi oʻyinda Mbappe samarali harakatlarsiz qolmadi: u ikkinchi golga assistentlik qildi.
Mbappe hali ham La Liga toʻpurarlari poygasida 13 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.













