Superkompyuter Arsenalning chempionlik imkoniyatini baholadi


Londonning \"Arsenal\" klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida birinchi o\'rinni qat\'iy egallab turibdi. Yakshanba kuni \"toʻpchilar\" \"Tottenhem\"ni 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, asosiy ta\'qibchisi \"Chelsi\"dan olti ochkoga uzoqlashdi.
Opta superkompyuteri hisob-kitoblariga koʻra, Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaning uzoq kutilgan chempionlik unvonini qoʻlga kiritish imkoniyati 75,56% deb baholangan. Ikkinchi favorit \"Manchester Siti\" (14,3%), uchinchi oʻrinda esa \"Chelsi\" (3,88%) joy olgan.
\"Liverpul\"ning oltin medalni himoya qilish imkoniyati esa juda past – atigi 2,13%. Kelgusi yakshanba, 30-noyabr kuni \"Arsenal\" safarda \"Chelsi\"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
\"Topchilar\" 2004-yildan beri Angliya chempioni bo\'la olmagan.













