Gvardiola: Donnarumma diskvalifikatsiya qilinsa, Trafford o‘ynaydi

Gvardiola: Donnarumma diskvalifikatsiya qilinsa, Trafford o‘ynaydi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining darvozaboni Janluiji Donnarummaning sariq kartochkalari haqida fikr bildirdi. Donnarumma «Nyukasl» bilan o‘yinda hakam qarorlariga norozilik bildirgani uchun sariq kartochka oldi.

Bu unga mavsumdagi uchinchi ogohlantirish bo‘ldi. Gvardiola bu masalada xavotir bildirmagan holda shunday dedi: "Donnarumma o‘z pozitsiyasini himoya qilishi kerak.

Agar u sariq kartochka oldi, demak, oldi. Agar kerak bo‘lsa, Jeyms Trafford maydonga tushadi." Ma'lum bo‘lishicha, Donnarumma gol urilgan vaziyatda unga nisbatan qoida buzilgan deb hisoblagan va shu sababli hakamga e’tiroz bildirgan.

Angliya Premyer-ligasida futbolchi mavsumda beshta sariq kartochka olgach, bir o‘yinni o‘tkazib yuborishi lozim bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.