Vinisius Xabi Alonso bilan ishlashdan noroziligini bildirdi

Vinisius Xabi Alonso bilan ishlashdan noroziligini bildirdi

“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior klub prezidenti Florentino Peresga shartnomani uzaytirish niyati yo‘qligini bildirgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan ishlashdan norozi. Sport nashrlari uning murabbiy bilan munosabatlari va mavsum davomida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar o‘yinchining kelajakdagi qarorlariga ta’sir ko‘rsatayotganini bildirmoqda.

Hozircha klub rahbariyati bu borada rasmiy izoh bergani yo‘q. Shunga qaramay, Vinisiusning qarori yozgi transferlar oldidan klubda muhim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.