Tuxel Old Traffordda Grilish bilan suhbatlashdi

Dushanba kuni “Everton” safarda “Manchester Yunayted”ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. “Old Trafford” stadionida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel ham ishtirok etdi.
Oʻyindan soʻng nemis mutaxassisi bir nechta futbolchilar, xususan, “Everton”ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish bilan suhbatlashdi. Ushbu lahzalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Tuxel va Grilish oʻrtasidagi suhbat futbolchining milliy terma jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi. Jek Grilish soʻnggi marta Angliya terma jamoasida 2024-yil oktabr oyida oʻynagan edi.
“Everton” safida esa u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Oʻyindan soʻng nemis mutaxassisi bir nechta futbolchilar, xususan, “Everton”ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish bilan suhbatlashdi. Ushbu lahzalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Tuxel va Grilish oʻrtasidagi suhbat futbolchining milliy terma jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi. Jek Grilish soʻnggi marta Angliya terma jamoasida 2024-yil oktabr oyida oʻynagan edi.
“Everton” safida esa u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













