Real Chempionlar Ligasi o'yini oldidan muhim futbolchisini yo'qotdi

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xoysen jarohati tufayli safdan chiqdi. 20 yoshli futbolchi toʻrt boshli mushaklaridan jarohat olgani sababli ertaga boʻlib oʻtadigan Chempionlar Ligasi doirasidagi Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasiga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi.
Bu haqda Marca nashri xabar berdi. Manbaning qoʻshimcha qilishicha, ispaniyalik futbolchi La Liga doirasidagi "Jirona"ga qarshi oʻyinda (30-noyabr) ham maydonga tushishi gumon.
Bundan tashqari, 3-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan "Atletik" Bilbaoga qarshi oʻyinda ishtirok etishi ham soʻroq ostida qolmoqda. Yakshanba kuni Din Xoysen "Elche"ga qarshi oʻyinda gol urib, "Real"ni magʻlubiyatdan qutqarishga yordam berdi (2:2).
Yosh futbolchi ushbu mavsum boshidan buyon "qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu haqda Marca nashri xabar berdi. Manbaning qoʻshimcha qilishicha, ispaniyalik futbolchi La Liga doirasidagi "Jirona"ga qarshi oʻyinda (30-noyabr) ham maydonga tushishi gumon.
Bundan tashqari, 3-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan "Atletik" Bilbaoga qarshi oʻyinda ishtirok etishi ham soʻroq ostida qolmoqda. Yakshanba kuni Din Xoysen "Elche"ga qarshi oʻyinda gol urib, "Real"ni magʻlubiyatdan qutqarishga yordam berdi (2:2).
Yosh futbolchi ushbu mavsum boshidan buyon "qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













