Dzola Estevao haqida iliq fikr bildirdi

Dzola Estevao haqida iliq fikr bildirdi
Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichi beshinchi tur uchrashuvlari boshlandi. Londonning "Chelsi" klubi mashhur kataloniyalik "Barselona" jamoasi darvozasiga javobsiz uchta gol urdi.

Ushbu o‘yinda asosiy qahramonlardan biri braziliyalik yosh futbolchi Estevao bo‘ldi. Uni sobiq "Chelsi" futbolchisi Janfranko Dzola yuqori baholadi.

"U juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Juda pishiq va tajribali futbolchi kabi harakat qildi.

Menga ayniqsa uning qiyinchiliklarga qanday munosabatda bo‘lishi yoqadi – vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, u shunchalik qat’iyatli harakat qiladi. Bugun u yana bir ajoyib gol urdi", – dedi Dzola BBC Sport nashriga.

Chempionlar ligasining keyingi turida "Chelsi" safarda "Atalanta" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.