Karreger Klopp va Slotning muammolarini solishtirdi


“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karreger klubning inqiroz holati haqida fikr bildirdi. Bir necha muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng, “qizillar” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘ringa tushib ketdi.
Ular peshqadam “Arsenal”dan allaqachon 11 ochkoga ortda qolgan. \"Yurgen Klopp davrida ham qiyin vaziyatlar bo‘lgan: bir paytlar uning qo‘l ostida \'Liverpul\' \'Enfild\'da ketma-ket olti o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan edi.
Ammo men hech qachon odamlar uning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi mavqeini shubha ostiga qo\'yganini eslay olmayman. Hozir esa Arne Slot bilan bu holat boshqacha,\" – deya Karregerning so‘zlarini ingliz matbuoti keltirgan.
Ma’lumot uchun, Arne Slot 2024-yil yozida Yurgen Kloppni “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimida almashtirgan edi. Gollandiyalik murabbiy boshchiligidagi ilk mavsumdayoq mersisaydliklar Angliya chempionligini qo‘lga kiritishdi.













