Karreger: Estevao haqiqiy superyulduz

Karreger: Estevao haqiqiy superyulduz

Karreger: Estevao haqiqiy superyulduz
«Liverpul»ning mashhur sobiq futbolchisi Jeymi Karreger «Chelsi»ning 18 yoshli vingeri Estevao Uilyanning o\'yinidan hayratda. Yosh braziliyalik futbolchi seshanba kuni bo\'lib o\'tgan Chempionlar ligasi uchrashuvida «Barselona»ga qarshi o\'yinda «ko\'klar»ning 3:0 hisobidagi g\'alabasida asosiy qahramonlardan biri bo\'ldi.

Ajoyib iste’dod egasi uchrashuvda bir gol urishga muvaffaq bo\'ldi. «Menimcha, biz haqiqiy superyulduzni ko\'ryapmiz.

Bugun Estevao barchani ortda qoldirdi», – dedi Karreger CBS studiyasida o\'yindan so\'ng. Estevaoning hisobida Chempionlar ligasi doirasidagi beshta o\'yinda uchta gol bor.

«Chelsi» uni o\'tgan yozda Braziliyaning «Palmeyras» klubidan sotib olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.