Xabi Alonso "Real"dan ketish haqida gapirdi


Madridning \"Real\" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. \"Jamoani tark etish haqidagi gap-soʻzlar?
Meni bu narsa tashvishga solmaydi. Hozir men uchun eng muhimi - oʻyinlarimiz va mashgʻulotlar davomida boʻlayotgan voqealardir.
Qolgan narsalar meni qiziqtirmaydi. Jamoa hozirgi holatdan norozi, ammo men ishonamanki, biz yanada kuchliroq boʻlamiz\", - deya Alonso soʻzlarini keltiradi Madrid Universal.
Avvalroq matbuotda Alonso \"Real\"ni tark etib, faoliyatini \"Liverpul\"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ispaniyalik mutaxassis ushbu yozda \"Real\" bosh murabbiyligiga tayinlangan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













