Levandovski "Fenerbaxche"ga rad javobini berdi


Barselonaning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Turkiyaning \"Fenerbaxche\" klubiga o‘tishni rad etdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Avvalroq, \"Fenerbaxche\" 37 yoshli hujumchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida ma’lumot chiqqandi. Manbaga ko‘ra, Levandovski yanvar oyida turk klubiga o‘tishdan bosh tortdi.
Futbolchi kamida joriy mavsum oxirigacha \"Barselona\"da qolishni istamoqda. Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbolchining \"ko‘k-anorranglilar\" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda nihoyasiga yetadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













