Levandovski transfer shartlarini maʼlum qildi

So‘nggi haftalarda yulduz hujumchi Robert Levandovski Turkiyaning \"Fenerbaxche\" klubi bilan bog‘lanib kelmoqda. Transfer News Live nashrining taniqli jurnalist Florian Plettenbergga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, Levandovski Turkiya Superligasi klubiga transfer ehtimolini inkor etdi.
Levandovski yanvar oyidagi transfer haqida o‘ylayotgan bo‘lmasa-da, uning fikri o‘zgarishi mumkinligini tan oldi. Agar \"Barselona\" yangi hujumchini tarkibga qo‘shsa, Robert o‘z kelajagini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Hozirda Robert Levandovski 37 yoshda. Nufuzli Transfermarkt portali tomonidan polyak hujumchisining qiymati 10 million yevro deb baholanmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













