Pokonyoli: Oldinda imkoniyatlarimiz bor


Monako bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli Chempionlar Ligasi doirasidagi Kiprning Pafos jamoasiga qarshi o\'yin natijalari bo\'yicha o\'z fikrlarini bildirdi. Musobaqaning beshinchi turida bo\'lib o\'tgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
\"O\'ylashimcha, bizda ko\'proq vaziyatlar bo\'ldi. Hisobda oldinda bo\'lganimizda o\'yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak edi.
Shu bilan birga, natijani bir ochko qo\'lga kiritish deb qabul qilish zarur, chunki hali ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimiz bor\", — deydi Pokonyoli UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida. Turnir jadvalida Monako va Pafos qo\'shni o\'rinlarda joylashgan bo\'lib, har ikkala jamoa 6 ochkodan to\'plagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













